Raqobat qo‘mitasi: 11 ta gaz shoxobchaga jarima qo‘llandi

Raqobat qo‘mitasi: 11 ta gaz shoxobchaga jarima qo‘llandi

Samarqand viloyatida metan gaz narxini asossiz oshirgan bir qator avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari aniqlanib, ularga nisbatan chora ko‘rildi.

Payariq tumanida faoliyat yuritayotgan 12 ta gaz quyish shoxobchasidan 11 tasi metan narxini o‘rtacha 300 so‘mga oshirgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat fuqarolarning Raqobat qo‘mitasiga yo‘llagan murojaatlari asosida o‘rganilgan.
Tekshiruvlar davomida ushbu 11 ta shoxobcha 8 ta turli korxonaga tegishli ekani aniqlangan.
Holat raqobatga qarshi kelishuv sifatida baholanib, tegishli korxonalarga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan va moliyaviy jarimalar qo‘llangan.
Mutasaddilar bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazorat kuchaytirilishini ta’kidladi.
Raqobat qo‘mitasi: 11 ta gaz shoxobchaga jarima qo‘llandi | 12news