2026-yilning ilk kunida O‘zbekistonda qancha chaqaloq dunyoga keldi

2026-yilning 1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1 094 nafar bola tug‘ildi.
2026-yil 1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1094 nafar bola dunyoga keldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ulardan 539 nafari o‘g‘il, 555 nafari qiz bola.
Yangi yilning dastlabki soatlarida eng ko‘p chaqaloq Farg‘ona viloyatida (138) tug‘ilgan. Shuningdek, Surxondaryo (135), Samarqand (125), Qashqadaryo (121) va Namangan (110) viloyatlarida ham yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.
Shuningdek, 1-yanvra kuni mamlakatda egizaklar ham dunyoga kelgani qayd etilgan. Jami 17 ta ko‘p homilali tug‘ruq ro‘yxatga olingan: 15 ta egizak, bitta uch egizak va bitta to‘rt egizak, jami 37 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Mutasaddilarga ko‘ra, ona va bolalarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.


