Samarqandda yo‘l haqi oshadi: yangi tariflar e’lon qilindi

Samarqandda yo‘l haqi oshadi: yangi tariflar e’lon qilindi

Samarqandda 1-maydan boshlab jamoat transporti narxlari o‘zgaradi.

Yangi tariflarga ko‘ra, avtobuslarda naqd to‘lov orqali yo‘l haqi 4 ming so‘m etib belgilanadi. Bu amaldagi narxdan 1 ming so‘mga yuqori.
Shu bilan birga, yo‘lovchilar uchun qulaylik sifatida transport kartasi yoki bank kartasi orqali to‘lov narxi 2 ming so‘m darajasida o‘zgarishsiz qoladi.
Bundan tashqari, jamoat transporti harakati vaqti ham kengaytirilmoqda. Endilikda avtobuslar soat 22:00 gacha faoliyat yuritadi, turistik yo‘nalishlarda esa 24 soatlik xizmat yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda shaharda naqd to‘lovni to‘liq bekor qilish ham rejalashtirilmoqda. Bu esa to‘lovlarni yanada qulay va shaffof qilishga qaratilgan.
Samarqandda yo‘l haqi oshadi: yangi tariflar e’lon qilindi | 12news