Dam olish kunlari O'zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?

Shanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, yakshanbada havo iliqlashadi.
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan biroz nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishikuchayadi.
Dam olish kunlari, xususan shanba kuni, respublikaning ayrim joylarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Farg‘ona vodiysida esa yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ayrim hududlarda tuman tushishi, 30-yanvar kuni tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi.
Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. 1-fevralga kelib, kechalari +1…+6 daraja, kunduz kunlari +10…+15 darajagacha yetadi.
Toshkent shahrida juma kuni kechga tomon yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin, ertalab tuman tushadi, yo‘llarda ayrim joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib, 3–8 m/s tezlikda esadi, havo harorati +3…+5 daraja atrofida bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan sharqqa o‘zgaradi, tezligi 3–8 m/s.
31-yanvar kuni kechasi −1…+1 daraja, kunduzi +8…+10 daraja,
1-fevral kuni kechasi +3…+5 daraja, kunduzi +12…+14 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
31-yanvar kuni kechasi −1…+1 daraja, kunduzi +8…+10 daraja,
1-fevral kuni kechasi +3…+5 daraja, kunduzi +12…+14 daraja bo‘lishi kutilmoqda.


