Talabalar uchun to‘lov-kontrakt to‘lash muddati 31-yanvargacha uzaytirildi

Bu haqda Oliy ta’limga oid rasmiy manbalar ma’lum qildi.
Davlat komissiyasining tegishli bayonigako‘ra, 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari uchun to‘lov-kontraktni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabulni rasmiylashtirish muddati 2026-yil 31-yanvargacha (shu kuni ham) uzaytirildi.
Bu haqda Oliy ta’limga oid rasmiy manbalar ma’lum qildi.
Kimlar va qancha to‘lov qilishi kerak?
- Qabul parametrlari doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar — bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha bir yillik kontrakt summasining kamida 50 foizini to‘lashi lozim.
- Tabaqalashtirilgan (super) kontrakt asosida o‘qishni tanlaganlar — ular uchun belgilangan yillik to‘lovning kamida 50 foizini to‘laydi.
Yuqori bosqich talabalari uchun
Amaldagi tartibga ko‘ra, 2-bosqich va undan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddati OTM (universitet) rahbari qarori bilan uzaytirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, mazkur qaror talabalar va abituriyentlarga to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida qabul qilingan.


