Toshkentda uy narxlari keskin farqlanmoqda: tuman, qavat va ta’mir hal qiluvchi omil

Toshkentda uy narxlari keskin farqlanmoqda: tuman, qavat va ta’mir hal qiluvchi omil

Tahlilda asosiy omillar sifatida uy joylashuvi, qurilish materiali, ta’mir holati, qavat va umumiy maydon ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilgan.

Toshkent shahrida uy-joy narxlari hudud va boshqa omillarga qarab sezilarli darajada farq qilmoqda. O‘zbekiston Markaziy banki tahliliga ko‘ra, poytaxtda ko‘chmas mulk narxlari ayrim tumanlar kesimida 1,6 baravargacha tafovut qiladi.
Tahlilda asosiy omillar sifatida uy joylashuvi, qurilish materiali, ta’mir holati, qavat va umumiy maydon ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilgan.
Bazaviy hudud sifatida Olmazor tumani olingan. Shu asosda:
  • Mirobod tumani da uy narxlari o‘rtacha 23,7% yuqori
  • Bektemir tumani da esa 24,4% past
Natijada eng qimmat va eng arzon hududlar o‘rtasidagi farq 63% ga yetmoqda.
Shuningdek, Yunusobod tumani da so‘nggi yillarda talab oshgani sabab narxlar tafovuti ham kengaygan: 2022-yildagi 5% dan 2025-yilga kelib 10% ga chiqqan.Yangi uylar ikkilamchi bozordagilarga nisbatan o‘rtacha 3% qimmatroq
  • G‘ishtli uylar panel uylarga qaraganda 3–6% yuqori baholanadi
  • Monolit uylar narxi esa so‘nggi paytlarda tezroq o‘smoqda
Ta’mir holati ham muhim:
  • Yangi ta’mirlangan xonadonlar 7–8% qimmatroq
Qiziqarli jihat — maydon kattalashgani sari narx nisbatan pasayadi:
  • Har qo‘shimcha kv.m narxni 0,1% ga kamaytiradi
Qavat ham ta’sir ko‘rsatadi:
  • Har bir yuqori qavat bilan narx 0,2–0,9% ga pasayadi
  • Eng arzon kvartiralar odatda birinchi yoki eng yuqori qavatlarda joylashadi
Mutaxassislar fikricha, Toshkentda uy tanlashda nafaqat joylashuv, balki qurilish sifati, ta’mir va hatto qavat ham narxni shakllantiruvchi muhim omillardan hisoblanadi.
Toshkentda uy narxlari keskin farqlanmoqda: tuman, qavat va ta’mir hal qiluvchi omil | 12news