Toshkentda Yangi yil kechasida avtobuslar soat 1:00 gacha ishlaydi

1-yanvarga o‘tar kechasi Toshkent shahri avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar soat 1:00 ga qadar amalga oshiriladi.
31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar kechasi Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar soat 1:00 ga qadar davom etadi. Bu haqda Toshkent shahri transport bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 1-yanvardan 4-yanvargacha bo‘lgan kunlarda shahar avtobuslari yakshanba kuni uchun belgilangan jadval asosida harakatlanadi.
Avvalroq, Toshkent metrosi ham Yangi yil kechasida soat 1:00 gacha ishlashi haqida xabar berilgandi.


