Toshkentda yangi yil korporativlari– restoranlar, menyu va narxlar

Toshkentning yirik restoranlari yangi yil bayrami uchun qanday banket paketlarini taklif qilmoqda? Menyular qanday va qayerlarda banket o’tkazish mumkin?
Yangi yil yaqinlashgani sayin, Toshkentdagi ish joylarida korporativlar boshlanadi. Har yili hamkasblar bilan birgalikda yilni muvaffaqiyatli yakunlash, bayramona kayfiyat yaratish va ish muhitini mustahkamlash uchun korporativ tadbirlar tashkil etiladi. Toshkentning yirik restoranlari yangi yil bayrami uchun qanday banket paketlarini taklif qilmoqda? Menyular qanday va qayerlarda banket o’tkazish mumkin? Bu ma’lumotni olish uchun ularning internet sahifalariga murojaat qildik, ba’zilari bilan esa qo’ng’iroq qilib ma’lumot oldik.
Umumiy narxlar kishi boshiga 460 ming so‘mdan 890 ming so‘mgacha bo‘lib, har bir restoran 3-4 xil menyu paketlarini taklif etadi. Paketlarda bayramona taomlar, desertlar va ichimliklar mavjud bo‘lib, ular tadbirni unutilmas qiladi.
Toshkentda korporativlar: an’ana va tarix
Toshkentda korporativlar o‘tkazish an’anasi bir necha yil ichida mustahkamlanib, har bir ish joyida yangi yil bayrami – majburiy va qiziqarli tadbirga aylangan. Bu tadbirlar hamkasblar o‘rtasidagi ijobiy aloqalarni mustahkamlash, yil davomida erishilgan yutuqlarni nishonlash va bayramona kayfiyat yaratish imkonini beradi.
Yirik restoranlar o‘zining sifatli xizmati, bayramona bezaklari va turli menyu paketlari bilan korporativlar uchun ideal tanlov bo‘ladi. Quyida Toshkentdagi mashhur restoranlar va ularning yangi yil korporativlari haqida batafsil ma’lumot keltirilgan.
Amarat restorani
Amarat restorani Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan bo‘lib, bayramona muhit va sifatli xizmat bilan tanilgan. Yangi yil korporativlari uchun ular 3-4 xil menyu paketlarini taklif qiladi: 700 ming so’m, 800 ming so’m va 890 ming so’mgacha. Ular tarkibi, qaysi ovqatlar va desertlar kiritilgani hisobiga bir-biridan farq qiladi.



Mehmon restorani
Mehmon restorani an’anaviy o‘zbek taomlari va bayramona atmosfera bilan mashhur. Korporativlar uchun ular ham 4 xil menyu variantini taklif qiladi. 300- 500 so’mgacha.




Toshkent restorani
Toshkent restorani zamonaviy dizayni va turli taomlari bilan mashhur. Korporativlar uchun ular 3-4 menyu paketini taklif qiladi. Bu yerda menyular 460, 590, 700 va 840 ming so’mni tashkil qiladi kishi boshiga.




Bundan tashqari yana 2 mashhur restoran ham o’z menyulari haqida ma’lumot berdi. Ulardan biri Retro Milliy restorani bo’lib, ularda yangi yil menyular 700-760 ming so’m atrofini tashkil qiladi.
Keyingi yana bir mashhur restoran bu Sim-Sim ular 460-650 ming so’m atrofidagi 3 xil menyu taklif qilishlarini ma’lum qilishdi.
Xulosa
Toshkentda korporativ tadbirlar nafaqat bayram kayfiyatini oshiradi, balki ish muhitini yaxshilash, hamkasblar o‘rtasida ijobiy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Har bir restoran o‘zining maxsus paketlari bilan mehmonlarga unutilmas bayram tajribasini taqdim etadi.
Amarat, Mehmon, Toshkent, Retro Milliy va Sim-Sim restoranlari 3-4 turdagi menyu paketlari, bayramona dastur, jonli musiqa va maxsus bezaklar bilan mehmonlarni kutib oladi. Narxlar kishi boshiga 460 mingdan 890 ming so‘mgacha bo‘lib, har bir korporativ tadbirni esda qolarli qiladi.


