Xitoydan O‘zbekistonga 22 kunlik premium temiryo‘l kruizi yo‘lga qo‘yiladi

Xitoydan O‘zbekistonga 22 kunlik premium temiryo‘l kruizi yo‘lga qo‘yiladi

Marshrut Markaziy Osiyoning to‘rtta davlati orqali o‘tadi, tur narxi esa bir kishi uchun 50 ming dollardan boshlanadi.

Britaniyaning Golden Eagle Luxury Trains tur operatori Xitoydan O‘zbekistonga Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston orqali o‘tuvchi 22 kunlik temiryo‘l kruizini yo‘lgaqo‘ymoqda. Bu haqda Travel and Tour World nashri xabar berdi.
Yo‘nalish uzunligi 3862 kilometrni tashkil etadi. Sayohat Pekindan boshlanib, Toshkentda yakunlanadi. Dastur doirasida Xitoydagi Buyuk Xitoy devori va Terrakota armiyasi kabi muhim tarixiy obidalar ziyorat qilinadi. O‘zbekiston hududida esa YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari marshrutdan o‘rin olgan.
Ekskursiyalardan tashqari, yo‘lovchilar uchun Gobi sahrosida tuyalarda sayr hamda Olmaotaga (Almati) xususiy aviaqatnov tashkil etiladi. Tashishlar Golden Eagle Silk Road Express va Golden Eagle nomli maxsus poyezdlarda amalga oshiriladi. Vagonlar yog‘och bezaklar va gilam qoplamalari bilan jihozlangan.
Tur narxi ikki kishilik joylashuv sharti bilan bir kishi uchun 50,7 ming dollardan boshlanadi. Ushbu summaga ovqatlanish, yashash, gid xizmatlari, transferlar va sug‘urta polisi kiradi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ilk reys 2026 yil 21 sentyabrdan 12 oktyabrgacha bo‘lgan muddatga rejalashtirilgan.
Xitoydan O‘zbekistonga 22 kunlik premium temiryo‘l kruizi yo‘lga qo‘yiladi | 12news