Yangi Damas modellari sotuvi boshlandi

Yangi Damas modellari sotuvi boshlandi

UzAuto Motors kompaniyasi yangi Chevrolet Damas Max va Chevrolet Damas Move modellari uchun shartnoma tuzish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi.

UzAuto Motors yangi Chevrolet Damas Max va Chevrolet Damas Move modellari uchun shartnoma tuzish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi. Avtomobillarni kompaniyaning rasmiy dilerlik markazlarida rasmiylashtirish mumkin.
Kompaniya xabariga ko‘ra, yangi modellarga oid batafsil ma’lumotni +998 78 141 77 77 raqamli call-markaz orqali hamda rasmiy sayt — https://chevrolet.uz/damas-max-move manzili orqali olish mumkin.
Yangi modellarning narxlari quyidagicha:
Chevrolet Damas Max:
— VAN 1.2 LV0 — 134 439 000 so‘m
— VAN 1.5 LV0 — 142 471 000 so‘m
Chevrolet Damas Move:
— PAS 1.2 LV0 — 139 675 000 so‘m
— PAS 1.2 LV1 — 144 563 000 so‘m
— PAS 1.5 LV0 — 149 011 000 so‘m
— PAS 1.5 LV1 — 154 128 000 so‘m
Ma’lumot uchun, avval sotuvda bo‘lgan eski Damas modeli 93,2 mln so‘mdan, Labo esa 96,4 mln so‘mdan taklif etilayotgan edi.
Kompaniya yangi modellar avvalgi versiyalarga nisbatan yangilangan komplektatsiya va texnik imkoniyatlar bilan taqdim etilayotganini bildirgan.
Yangi Damas modellari sotuvi boshlandi | 12news