Yangi davr: naqd pul cheklanmoqda, to‘lovlar to‘liq “raqamlashmoqda”

Yangi davr: naqd pul cheklanmoqda, to‘lovlar to‘liq “raqamlashmoqda”

Oʻzbekistonda ayrim to‘lovlar endi faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator muhim xizmatlar va xaridlar uchun naqd puldan foydalanish cheklanmoqda.
Quyidagi yo‘nalishlarda to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda qabul qilinadi:
— davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar
— elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlar
— alkogol va tamaki mahsulotlari
— AYoQShlar orqali neft-gaz mahsulotlarini sotib olish hamda elektromobillarni zaryadlash xizmatlari
— qiymati 25 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha tovar va xizmatlar
— ko‘chmas mulk obyektlari
— ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifadagi transport vositalari hamda maxsus texnikalar oldi-sotdisi
Ushbu o‘zgarishlar moliyaviy operatsiyalarni shaffoflashtirish, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish va raqamli to‘lovlarni kengaytirishga qaratilgan.
Yangi davr: naqd pul cheklanmoqda, to‘lovlar to‘liq “raqamlashmoqda” | 12news