Yangi yilda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

24-dekabr sanasiga ko'ra, 2026-yil Yangi yil bayrami munosabati bilan O‘zbekistonda qo‘shimcha yoki ko‘chirilgan dam olish kunlari hali e’lon qilinmadi.
Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, 31 dekabr bayramoldi kuni bo‘lib, ish vaqti kamida 1 soatga qisqartiriladi.
2026 yil 1 yanvar, payshanba — Yangi yil bayrami munosabati bilan rasmiy dam olish kuni hisoblanadi. 2 yanvar, juma kuni esa barcha xodimlar uchun odatdagi ish kuni bo‘ladi.
3 yanvar esa shanba kuni 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun esa ish kuni hisoblanadi. 4 yanvar, yakshanba kuni esa an’anaga ko‘ra barcha uchun dam olish kuni bo‘ladi.
31 dekabr — ish kuni (bayramoldi, ish vaqti 1 soatga qisqartiriladi)
1 yanvar — dam olish kuni (Yangi yil bayrami)
2 yanvar — ish kuni
3 yanvar — 5 kunlik ish haftasi uchun: dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasi uchun: ish kuni
4 yanvar — dam olish kuni (yakshanba)
5 yanvar — ish kuni.
2 yanvar — ish kuni
3 yanvar — 5 kunlik ish haftasi uchun: dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasi uchun: ish kuni
4 yanvar — dam olish kuni (yakshanba)
5 yanvar — ish kuni.


