Zuhra Abduhalimova — 7 yildan ortiq tajribaga ega jurnalist. Tahliliy maqolalar, longrid janridagi materiallar va multimedia kontentlari tayyorlashda ixtisoslashgan. Katta ijtimoiy-siyosiy mavzularni yoritishda ma’lumotga asoslangan yondashuv, inson taqdirlari orqali hikoya qilish va ommaviy muhokamani shakllantirishga qaratilgan materiallar bilan tanilgan.
2022–2023-yillarda Media Camp Award (Qozog‘iston, Olmaota) tanlovining finalchisi, 2024-yilda esa Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tashkil etilgan respublika tanlovida “Veb-saytlarda chop etilgan eng yaxshi materiallar” yo‘nalishida 2-o‘rin sohibi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi bitiruvchisi, shuningdek Webster universitetining EPMM dasturini tamomlagan.





